Mobil raqamni onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin boʻladi
Bu Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish uchun mobil aloqa ofislariga bormasdan onlayn amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da mobil aloqa foydalanuvchilari uchun yana bir qulaylik yoʻlga qoʻyildi. Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Avvallari raqam egasini oʻzgartirish uchun har ikki tomon (sotuvchi va oluvchi) aloqa operatori markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Endi bu jarayon raqamlashtirildi.
