platina.uz
Jamiyat

Toshkentda uy-joylar ijarasidan olinadigan daromadlar ulushi pasaydi

Ushbu koʻrsatkich boʻyicha eng yuqori oʻrtacha daromadlilik Shayxontohurda 9,1 foiz (2025 yil mart oyida 9,3 foiz) va Yashnobodda 8,4 foiz (8,8  foiz) qayd etildi. Uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi esa oshdi. 

Toshkentda uy-joylar ijarasidan olinadigan daromadlar ulushi pasaydi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida koʻp qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi tahlil qilindi.

2026 yil mart oyida Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi 14,6% gacha yetdi. (2025 yil martda 6,2%). Bunda, ijaradan keladigan oʻrtacha daromad 8,7% dan 8,0% gacha kamaygan boʻlsa, uy-joylarning oʻrtacha narxi 6,6% ga qimmatlashdi.

Lekin, uy-joyga investitsiyalar daromadliligi koʻchmas mulkning joylashgan hududi va xonalar soniga qarab bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi:

- 1 xonali: Mirobod – 50,0% (2025-yil mart – 1,0%), Bektemir – 19,3% (22,8%);
- 2 xonali: Yunusobod – 24,8% (0,5%), Yakkasaroy – 13,0% (16,5%);
- 3 xonali: Mirobod – 12,9% (9,5%), Chilonzor – 3,8% (8,7%);
- 4 xonali: Yakkasaroy – 18,5% (12,2%), Bektemir – -14,1% (4,3%).

Soʻnggi 1 yilda Toshkent shahri tumanlari kesimida uy-joy daromadliligining oʻrtachadan ogʻishi (standard deviation) 2,8% dan 5,5% gacha yetgan. Ushbu koʻrsatkich Toshkent shahri tumanlarida uy-joy narxlari keskin farqlanib borayotganligidan dalolat beradi.

Xususan, 2026 yil mart oyida Toshkent shahri tumanlarida uy-joy narxlarining oʻrtachadan ogʻishi 2025 yildagi 2,8%dan 5,4%gacha yetgan. Shuningdek, ijara narxlarida bu farq sezilarli oshmagan (0,4%dan 0,6%ga).

Uy-joylar narxi oʻzgarishidan olinadigan daromad.

2025 yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joy xarid qilib, joriy yil mart oyida ushbu uyni sotishiga toʻgʻri kelgan investorlar bir yil ichida uy-joylar bozor qiymatining oshishi tufayli uyning xarid narxidan oʻrtacha 6,6% daromad qilgan. Xususan, ushbu koʻrsatkich Chilonzor tumanida 1,9%ni, Bektemir tumanida 0,8%ni, Yashnobod tumanida 3,1%ni tashkil qilgan boʻlsa, Toshkent shahrining nisbatan qimmat uy-joylari joylashgan Mirobod tumanida 16,6%gacha, Yakkasaroy tumanida 12,4%gacha yetdi.

Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad.

Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar ijarasidan olinadigan oʻrtacha daromad 2025 yilning mos davridagiga nisbatan 0,7%ga pasayib, 8,0%ni tashkil qildi. Mazkur davrda, ushbu koʻrsatkich boʻyicha eng yuqori oʻrtacha daromadlilik Shayxontohurda 9,1% (2025 yil mart oyida 9,3%) va Yashnobodda 8,4% (8,8 %) qayd etildi.

Daromadlilik darajasi boʻyicha investitsion jozibadorligi yuqoriroq boʻlgan 1 va 2 xonali xonadonlar uchun daromadlilik darajasi mos ravishda 29,8% (2025-yil mart oyida 9,3%) va 17,4%ni (4,8%) tashkil qilgan boʻlsa, 3 va 4 xonali xonadonlarda nisbatan pastligicha saqlanib qoldi. Xususan, 3 xonali xonadonlarning oʻrtacha daromadliligi 8,7%ni (6,2%) 4 xonali xonadonlarniki 2,4%ni (4,4%) tashkil qildi.

Bank depozitlarining daromadlilik darajasi.

2025-yil martidan 2026-yilning fevral oyigacha boʻlgan davrda jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 4,9% atrofida tebranib turgan boʻlsa, milliy valyutadagi muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha stavka 21,2 %ni tashkil etgan. Ushbu raqamlar, bir tomondan, uy-joyning investitsiyaviy daromadliligi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlaridan olinadigan oʻrtacha daromadliligidan yuqori boʻlsa-da, milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha foiz stavkalari jozibadorligi yuqoriligicha saqlanib qolayotganini koʻrsatadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid