platina.uz
Iqtisod

Soliqdan boʻyin tovlaganlik uchun jazo kuchaytirildi

Bunday shaxslar hatto 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Soliqdan boʻyin tovlaganlik uchun jazo kuchaytirildi

Soliqdan boʻyin tovlash uchun jazo kuchaytirildi.

Qonun (OʻRQ–1131-son, 17.04.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obʼektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari, mazkur jinoyat uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish belgilangan edi.

Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Tadbirkorlik subʼektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili tushunchasi kiritildi.

Unga koʻra, tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorning faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga sud qaror chiqarguniga qadar tergovda qoʻshimcha hisoblanib undirilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha penya hisoblanmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid