platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston bosh vazirining sobiq oʻrinbosari Rim Giniyatullin vafot etdi

U Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, bosh boshqarma boshligʻi, suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari va boshqa lavozimlarda ishlagan. 

Oʻzbekiston bosh vazirining sobiq oʻrinbosari Rim Giniyatullin vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Giniyatullin shu yilning 19 aprel kuni 83 yoshida vafot etdi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uning vafoti sabab taʼziya bildirdi.

Rim Giniyatullin 1943 yil 18 sentabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tugʻildi. 1963 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutini (hozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) muhandis-gidrotexnik yoʻnalishi boʻyicha tugatdi. Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston qurilish vazirligida oddiy ishchi sifatida boshlab, keyinchalik ushbu vazirlikda usta, bosh muhandis vazifalarida xizmat qildi.

U Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, bosh boshqarma boshligʻi, suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, Davlat reja qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Davlat agrosanoat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlab, katta bilim va tajriba orttirdi.

Mohir tashkilotchi rahbar 1989–1996 yillarda melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri, 1996–1997 yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilib, mamlakatimizda suv va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish orqali yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshdi.

R.A.Giniyatullin Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasida turli rahbarlik vazifalarida ishlab, dengizning qurishi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni yumshatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda jonbozlik koʻrsatdi.

U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati” va “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid