platina.uz
Jamiyat

"Golden House"dan isteʼmolchilar foydasiga 1,1 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi

2026 yilning 1-choragi davomida mazkur quruvchi korxona faoliyatidan norozi boʻlib 34 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan. 

"Golden House"dan isteʼmolchilar foydasiga 1,1 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qoʻmitasi tomonida qurilish kompaniyalari faoliyati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Qoʻmitaga 2025 -2026 yillarda "Golden House Property Group" MChJning faoliyati yuzasidan jami 74 ta shikoyat kelib tushgan.

Qoʻmita aralashuvidan soʻng, ushbu shikoyatlardan 54 tasi quruvchi hamda fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimi imzolanishi yoki nizolarni sudgacha mediatsiya yoʻli bilan hal etilishi natijasida ijobiy hal etildi. Isteʼmolchilar foydasiga 1 mlrd 128 mln 669 ming soʻm miqdorda pul mablagʻlari qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlangan.

Xususan, 2025 yil davomida "Golden House Property Group" MChJning MChJ faoliyatidan norozi boʻlib jami 40 nafar fuqaro murojaat qoldirgan. Ushbu murojaatlarning 35 tasi (87 foizi) ijobiy hal etilgan, shundan, 31 tasi quruvchi hamda fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimi imzolanishi orqali hal etilgan boʻlsa, 4 nafar fuqarolarning foydasiga jami 1 128 669 635 soʻm miqdorda pul mablagʻi qayta hisob kitob qilib berilgan.

Shunga qaramay, 2026 yilning 1-choragi davomida mazkur quruvchi korxona faoliyatidan norozi boʻlib 34 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan.

Bulardan 19 tasi (56 foizi) qanoatlantirilgan boʻlsa, 5 ta holatda belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib va 10 ta murojaat yuzasidan vakolatli tashkilotni xabardor etgan holda tekshiruv tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham aynan yuqoridagi qurilish korxonasi va umuman bu sohada murojaatlar ortayotgani bir necha bor muhokamalar qilinmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qoʻmitasi barcha quruvchi korxonalarni isteʼmolchilar bilan shartnoma tuzishda qurilishni bitkazish imkoniyatlaridan kelib chiqib oqilona va aniq muddatlarini belgilashga, isteʼmolchilarga qonunchilikda berilgan imtiyoz va huquqlarni cheklamaslik choralarini koʻrishlarini soʻrab qoladi.

Maʼlumot uchun, Raqobat qoʻmitasiga 2023 yil 19 mingta, 2024 yilda 28 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2025 yilga kelib qariyb 54 mingga yetgani kuzatilmoqda.

Bu tadbirkorlik subʼektlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga yetarlicha amal qilinmasdan tovar va ish xizmatlari koʻrsatilayotganligi va sohada mavjud muammolar borligidan dalolat bermoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid