platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada Xitoyda ishlab chiqarilgan baʼzi oʻyinchoqlar savdodan olindi

Ular tamgʻalash boʻyicha belgilangan xavfsizlik meʼyorlariga nomuvofiq ekani aniqlandi.

Fargʻonada Xitoyda ishlab chiqarilgan baʼzi oʻyinchoqlar savdodan olindi

Fargʻonada Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim oʻyinchoqlar savdodan olindi. Bu haqda Nazorat inspeksiyasi xabar berdi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Fargʻona viloyati hududiy boʻlimi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Squilshy Jelly Balls” (siqiladigan jele sharlari) hamda “Slime Monster Lab” (slaym) oʻyinchoq mahsulotlari savdo nuqtalaridan olib qoʻyildi va hamkor tashkilotlar ishtirokida yoʻq qilindi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va laboratoriya sinovlari natijalariga koʻra, mazkur mahsulotlar “Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament” talablariga, xususan tamgʻalash boʻyicha belgilangan xavfsizlik meʼyorlariga nomuvofiq ekani aniqlandi.

Jumladan, mahsulot yorliqlarida import qiluvchi tashkilot haqida maʼlumot, saqlash usullari, yaroqlilik muddati, saqlash shartlari hamda xavfsizlik choralari toʻliq aks ettirilmagan.

Shuningdek, laboratoriya tahlillarida oʻyinchoqlarning hid intensivligi koʻrsatkichi hamda ichki qismi suyuqlik bilan toʻldirilgan mahsulotlarda suyuqlik sizib chiqmasligi talablari boʻyicha ham texnik reglament meʼyorlariga javob bermasligi qayd etildi.

Natijada ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda savdodan chiqarilib, yoʻq qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid