OAV: AQSh Kuba bilan yashirin muzokaralar oʻtkazdi
Muzokaralarning asosiy mavzusi Vashington talab qilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boʻlgan. Mazkur talablar bajarilmasa, vaziyat "oʻnglab boʻlmaydigan darajada yomonlashishi" mumkin.

AQSh 10 yil ichida ilk bor Kuba bilan yashirin muzokaralar oʻtkazgani maʼlum boʻldi.
AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi 2026 yil 10 aprelda Kubaga tashrif buyurdi, ammo tashrif keyinroq maʼlum boʻldi. Uchrashuv rasman eʼlon qilinmadi va yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtdi.
Bu AQSh prezidenti Donald Trampning Kubada rejalashtirilgan harbiy operatsiya haqidagi ishoralari fonida boʻlib oʻtdi.
Bu AQSh rasmiylarining soʻnggi 10 yil ichida Kubaga birinchi tashrifidir, oʻshanda prezident Barak Obama orolga kelgandi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Vashington talab qilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar edi, deb xabar beradi Axios manbalarga tayanib.
Xususan, nashrning yozishicha, Oq uy Raul Kastro boshchiligidagi Kuba hukumatidan siyosiy mahbuslarni ozod qilishni va 1959 yilgi inqilobdan keyin aktivlari musodara qilingan Amerika fuqarolari va korporatsiyalariga kompensatsiya toʻlashni talab qilgan.
Buning evaziga Tramp maʼmuriyati rasmiylari savdo embargosini bekor qilishni, sanksiyalarni yumshatishni va SpaceX xususiy kosmik korporatsiyasi tomonidan Yerning past orbitasida joylashtirilayotgan Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa tarmogʻiga kirishni taʼminlashni taklif qilishdi.
Axios maʼlumotlariga koʻra, Amerika delegatsiyasi Kuba siyosiy rahbariyatiga agar AQSh talablari bajarilmasa, mamlakatdagi vaziyat "oʻnglab boʻlmaydigan darajada yomonlashishi" mumkin.
The Wall Street Journal gazetasining xabar berishicha, Tramp maʼmuriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni muvaffaqiyatli qoʻlga olgandan soʻng Kubada rejim oʻzgarishini rejalashtira boshlagan. Nashr anonim manbalarga tayanib, Oq uy Kuba hukumati ichida 2026 yil oxiriga qadar mamlakatning kommunistik rejimini agʻdarishga yordam bera oladigan shaxslarni qidirayotganini daʼvo qilmoqda.
