Muhim oʻyinda “Man. Siti” gʻalabaga erishdi
Abduqodir Husanov maydonda toʻliq harakat qildi va eng yaxshi oʻyinlaridan birini oʻtkazdi.

Angliya premer ligasining 33-turidan oʻrin olgan markaziy uchrashuvda “Manchester Siti” oʻz maydonida “Arsenal”ni magʻlub etdi.
Ushbu oʻyin finalga teng deb baholangandi. Chunki shaharliklarda 1 oʻyin kam, oradagi farq esa hozir 3 ochko xolos. Agar “Man. Siti” qolgan barcha oʻyinlarni yutsa, chempionlikni tortib olishi mumkin.
Hisobni 16-daqiqada Cherki ochdi, ammo ular golni toʻliq nishonlab ulgurmaslaridan Janluiji Donnarummaning qoʻpol xatosi bilan hisob tenglashdi.
Ikkinchi boʻlimda mezbonlar koʻproq hujum qilishdi, chunki ularga gʻalaba zarurroq edi. 65-daqiqada Donnarumma xatosini toʻgʻrilab, katta boʻsh hududda ochilayotgan O’Rayliga pas berdi. Ushbu hujum Holandning goli bilan yakunlandi.
Abduqodir Husanov maydonda toʻliq va ishonchli harakat qildi. U uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi. Chunki Husanov raqiblarning bir nechta xavfli hujumlarini qaytardi.
APL, 33-tur
“Manchester Siti” – “Arsenal” 2:1
Gollar: Cherki, 16, Holand 65 – Xavers 18


