platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yoʻllarni taʼmirlash xarajatlariga 14 mlrd soʻm ajratiladi

Ushbu puldan poytaxtdagi 12 ta tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 1 mlrd soʻmdan beriladi. 

Toshkentda yoʻllarni taʼmirlash xarajatlariga 14 mlrd soʻm ajratiladi

Toshkent shahrida yoʻllarni taʼmirlash uchun 14 milliard soʻm ajratiladi.

​Toshkent shahar hokimi Sh. Umurzoqov tomonidan imzolangan qarorga asosan, poytaxt yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlariga jami 14,0 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Qaror 2026 yil 17 aprel kuni imzolangan.

Ajratilgan mablagʻlar shahar tumanlari va sohaga masʼul boshqarma oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:

​Tuman obodonlashtirish boshqarmalari: 12 ta tumanning har biriga 1 milliard soʻmdan (jami 12 mlrd soʻm);

​Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish boshqarmasiga: Markaziy koʻchalarni saqlash va taʼmirlash uchun 2 milliard soʻm.

Tuman hokimliklari va mutasaddi boshqarmalarga mablagʻlarni faqat belgilangan maqsadda ishlatish va bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot berib borish yuklatildi. Shahar Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi mablagʻlarni tezkorlik bilan moliyalashtirish choralarini koʻradi. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishini kuzatib boradi.

​Ushbu ishlarning umumiy ijrosiga shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov masʼul etib belgilandi.

Avvalroq Toshkentda chorraha, bekat va piyodalar yoʻlaklari uchun 2,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid