platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ikki holatda kadastr xodimlari ushlandi

Kadastr agentligining Qarshi tuman boʻlimi yetakchi inspektori katta miqdordagi jarimani bartaraf etish evaziga 2 ming dollar olayotgan boʻlgan. 

Qashqadaryoda ikki holatda kadastr xodimlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Kadastr agentligining Qarshi tuman boʻlimi yetakchi inspektori oʻzining mansabdor tanishlari orqali 2000 y.t. fuqaro tomonidan noqonuniy egallab olingan 12 sotix yer maydoni uchun qoʻllanilgan 82 mln soʻm jarimani bartaraf qilib berish va mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shu kabi holat Shahrisabz tumanida ham fosh etildi. Xususan, muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan 59 yoshli shaxs va Davlat kadastrlari palatasining Shahrisabz tuman filiali xodimi oʻzaro til biriktirib, mahalliy dehqon xoʻjaligiga tegishli 9 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy korxona rahbari nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Oldindan 4 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid