platina.uz
Jamiyat

Fargʻonadagi chegara hududida yirik miqdorda narkotik moddalar qoʻlga olindi

Sirdaryo daryosi qirgʻogʻida nomaʼlum shaxslar tomonidan 4 dona polietilen qoplar qoldirib ketilgan. Ular qoʻshni davlatdan kontrabanda qilingan. 

Fargʻonadagi chegara hududida yirik miqdorda narkotik moddalar qoʻlga olindi

Chegara hududida katta miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi.

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qoʻriqlash va uning daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy holat aniqlandi.

Xususan, Sirdaryo daryosining Fargʻona viloyati Beshariq tumani Shodiqoziq MFY hududidan oʻtuvchi qismi qirgʻogʻida nomaʼlum shaxslar tomonidan 4 dona polietilen qoplar qoldirib ketilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur qoplar xolislar ishtirokida koʻzda kechirilganda, ularning ichida qoʻshni davlatdan kontrabanda qilingan jami 48 dona oʻramda 47 kg 113 gr “gashish”, 15 dona oʻramda 7 kg 779 gr “opiy” giyohvandlik vositalari, shuningdek, 10 710 dona “Lidaza” va 756 dona “Tenoksikam” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov harakatlari doirasida narkotik moddalar egalarining shaxsini aniqlash boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid