platina.uz
Iqtisod

Xorijdan onlayn tarzda smartfon va noutbuk xarid qilinganda 5 foiz yagona bojxona toʻlovi undiriladi

Bu planshet, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmollar uchun ham amal qiladi. Ushbu tartib 2026 yil 1 iyuldan joriy etiladi. 

Xorijdan onlayn tarzda smartfon va noutbuk xarid qilinganda 5 foiz yagona bojxona toʻlovi undiriladi

Ayrim tovarlarni xorijdan onlayn xarid qilganda yagona bojxona toʻlovi undiriladi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

2026 yil 1 iyuldan 5 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, smartfon, noutbuk, planshet, kolonka, mikser, sharbat chiqargich, soch quritish uskunasi, elektr choynak, multipishirgichlar, dazmol va boshqa tovarlar xorijdan onlayn xarid qilinganda, 5 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.

Shuningdek, 30 ta pozitsiyadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechaklar, poyabzal, soatlar, xotira qurilmalari, quvvatlagich, fonar, quloqchin, monitor va proyektorlar, videooʻyin apparatlari kabi tovarlar uchun esa qoʻshilgan qiymat soligʻi va 3 foiz miqdorida bojxona boji toʻlanadi.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan xalqaro brend va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro brend tovarlari reyestriga kiritilgan chet el tovarlarini bond omboriga joylashtirish va maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Boshqa tovarlar uchun esa amaldagi xalqaro kurerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan bojsiz olib kirishning belgilangan oyiga 200 AQSh dollari normasi saqlanib qoladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid