Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Obidjon Moʻminov poytaxtning uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga javobgar boʻladi.

Moʻminov Obidjon Odilovich Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1987 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2013 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024 yilda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi davlat boshqaruvi oliy maktabini (magistratura) tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
