Time jurnali dunyoning nufuzli 100 odami roʻyxatini eʼlon qildi
Ular orasiga AQSh prezidenti Donald Tramp va Papa Leo XIV, Xitoy yetakchisi Si Szinpin, Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom va Nyu-York meri Zohran Mamdani ham kiritilgan.

Time jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatini eʼlon qildi. Jurnal roʻyxatni 2024 yildan beri har yili tuzib keladi.
Bu yil roʻyxat oltita boʻlimdan iborat: yetakchilar, innovatorlar, titanlar, kashshoflar va rassomlar. Time maʼlumotlariga koʻra, eng nufuzli odamlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Papa Leo XIV bor. Ular "yetakchilar" boʻlimiga kiritilgan.
Shuningdek, roʻyxatga Davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Xitoy rahbari Si Szinpin, Kanada va Daniya bosh vazirlari Mark Karni va Mette Frederiksen ham kiritilgan. Jurnal shuningdek, MAGATE direktori Rafael Grossi va Xalqaro energiya agentligi direktori Fatih Birolni 2026 yilning eng nufuzli yetakchilari qatoriga kiritdi.
Amerikalik siyosatchilar orasida roʻyxatga Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom va Nyu-York meri Zohran Mamdani ham kiritilgan.
"Titanlar" boʻlimida roʻyxat tuzuvchilari amerikalik rejissyor, aktyor va teleboshlovchi Ben Stiller, modeler va tadbirkor Ralf Loren, Paramount Skydance bosh direktori Devid Ellison va Alphabet va Google bosh direktori Sundar Pichayni tilga olishdi.
Roʻyxatga astronom Toni Tayson ("Innovatorlar" boʻlimida), eronlik inson huquqlari faoli Shirin Ebadi, britaniyalik qoʻshiqchi, model va tadbirkor Viktoriya Bekxem va amerikalik aktyor Alan Kamming ham kiritilgan.
