platina.uz
Jamiyat

"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi xalqaro qidiruvga berildi

Dilshod Ahmedovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) boʻyicha ayblov qoʻyilgan. 

"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi xalqaro qidiruvga berildi

"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" AJning sobiq boshqaruvi raisi Ahmedov Dilshod Tursunqulovich xalqaro qidiruvga berildi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) boʻyicha ayblov qoʻyilgan.

Dilshod Ahmedov 2024 yil 16 oktabrda “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan. 2025 yil avgust oyida esa lavozimidan ozod etilgandi. Undan avval esa u investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari, “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Dilshod Ahmedov (1972 yilda tugʻilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi "Skolkovo" boshqaruv maktabida oʻqigan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid