Humans rahbari Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi
U jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarda ayblangan.

Oʻzbekiston Humans aloqa va fintex kompaniyasi rahbari Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Interpolning rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, Vladimir Dobrinin Jinoyat kodeksining 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) hamda 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish) bilan ayblanmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov ham xalqaro qidiruvga berilgandi.
