Yil boshidan beri uyushgan jinoiy guruhlarning yuzdan ortiq aʼzolari ushlandi
Ularning 42 nafari muqaddam sudlangan boʻlsa, 34 nafari jangovar sportchilar hisoblanadi.

2026 yil boshidan beri tezkor tadbirlar natijasida 22 ta yirik uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyilib, ularning 29 nafar guruh yetakchisi (shundan 6 nafari xorijiy davlatlarda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi) va 101 nafar aʼzosi qoʻlga olingan.
Shundan 2 tasi transmilliy, 8 tasi viloyatlararo uyushgan guruhlar hisoblanadi. Ushlangan uyushgan guruhlar 44 ta shahar-tumanda oʻz jinoiy qilmishlarni sodir etgan.
Ular tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilib, fuqarolar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlarida faol ishtirok etib hamda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilib kelgan. Xususan, 18 ta talonchilik, 17 ta ogʻir tan jarohat yetkazish, 16 ta bezorilik, 6 ta tovlamatchilik va boshqalar.
Ushbu jinoiy guruhlarning tarkibini asosan muqaddam sudlangan (42 nafar) hamda sportning jangovar turi bilan shugʻullanuvchi shaxslar (34 nafar) tashkil etmoqda.
