platina.uz
Sport

YeChL yarim final juftliklari aniq boʻldi

"Real" "Bavariya"ga qarshi dramatik oʻyinda bir necha bor hisobda oldinga chiqdi, ammo natijani saqlab qola olmadi.  

YeChL yarim final juftliklari aniq boʻldi

Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Madridning "Real" jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubi mehmoni boʻldi. Birinchi oʻyinda nemislar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan edi.

"Real" oʻyin davomida bir necha bor oldinga chiqib oldi, ammo oʻyin oxirida gollar oʻtkazvordi va imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa ikki oʻyin natijasiga koʻra (2:1, 4:3) "Bavariya" jamoasi yarim finalga yoʻl oldi. Nemis klubi yarim finalda PSJ jamoasi bilan kuch sinashadi.

Yana bir oʻyinda "Arsenal" "Sporting" bilan toʻqnashdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Avvalgi uchrashuvda londonliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi.

YeChL. Yarim final juftliklari:

PSJ-"Bavariya"

"Atletiko Madrid" -"Arsenal"

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid