Veterinariya va chorvachilik boʻlimi mansabdori tezkor tadbirda ushlandi
U boʻshaydigan boʻlim binosini yeri bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Surxondaryoda mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirib, uning pul mablagʻini noqonuniy oʻzlashtirmoqchi boʻldi.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs goʻyoki ushbu boʻlim tez orada boshqa joyga koʻchishini bildirib, boʻshaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 2 ming AQSh dollari va 12 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
