platina.uz
Jamiyat

Toshkentda chorraha, bekat va piyodalar yoʻlaklari uchun 2,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Mablagʻ Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasidan beriladi. 

Toshkentda chorraha, bekat va piyodalar yoʻlaklari uchun 2,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Toshkentda byudjetdan 2,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi.

​Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov poytaxtdagi chorrahalarni tartibga solish, piyodalar yoʻlaklari va avtobus bekatlarini bosqichma-bosqich taʼmirlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror 2026 yil 16 aprelda eʼlon qilindi.

Buning uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasidan jami 2 501,0 mln (2,5 milliarddan ortiq) soʻm mablagʻ ajratiladi.

Jumladan, shahar koʻchalaridagi yoʻlaklarni II, III va IV bosqichlarda mukammal taʼmirlash 1 060,1 mln soʻm beriladi. Yoʻl harakatini qayta koʻrib chiqish va zarur taʼmirlash ishlarini bajarish uchun — 1 054,8 mln soʻm. ​Bekatlarni tartibga keltirish va taʼmirlashning I bosqichi uchun — 386,1 mln soʻm.

Mazkur ishlar uchun buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi belgilandi. Qaror ijrosini nazorat qilish hokim oʻrinbosarlari B.Rahmonov va A.Baxtiyev zimmasiga yuklatilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid