platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondan Isroilga aviareyslar qayta tiklandi

Qatnovlar Eron-AQSh-Isroil urushi sabab toʻxtab qolgandi. 

Oʻzbekistondan Isroilga aviareyslar qayta tiklandi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” 14 aprel kunidan Toshkent va Tel-Aviv oʻrtasida muntazam reyslarni qayta tikladi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi maʼlum qildi.

Reyslar haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniya 3 maydan boshlab qoʻshimcha yakshanba reyslarini yoʻlga qoʻyish orqali parvozlar jadvalini kengaytirishni rejalashtirayotganini aniqladi.

Ushbu reyslar Toshkent, Samarqand va Tel-Aviv oʻrtasida amalga oshiriladi.

Avvalroq, mart oyi oxirida aviakompaniya Eron atrofidagi keskinlik sabab Tel-Avivga reyslarni vaqtincha toʻxtatishga majbur boʻlgan edi. Havo qatnovining qayta tiklanishi Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida muntazam yoʻlovchilar qatnovini qayta tiklash imkonini beradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid