platina.uz
Davlat xaridlari

21 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonun buzilgani aniqlandi

Holat “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizim tashkilotidagi oʻrganishlar natijasida kuzatilgan. 

21 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonun buzilgani aniqlandi

21 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar koʻrildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” AJ tomonidan oʻtkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan oʻrganishlar natijasida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizim tashkiloti “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” AJ tomonidan oʻtkazilgan jami 21 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan 8 ta tanlov savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani aniqlandi. Yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar kuzatilgan.

Yuqoridagilarga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Ish natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid