YeChL: dastlabki yarim finalchilar nomi maʼlum boʻldi
"Barselona" Madridda gʻalaba qozondi, ammo yakunda musobaqani tark etdi.

Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida dastlabki javob uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Madridda "Atletiko" jamoasi "Barselona"ni qabul qildi. "Sivitas Metropolitano" stadionida kechgan qiziqarli toʻqnashuvda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi, biroq ilk oʻyindagi magʻlubiyat (0:2) tufayli musobaqani tark etishdi. "Atletiko" final ostonasida "Arsenal" — "Sporting" juftligi gʻolibi bilan oʻynaydi.
"Liverpul"ga qarshi "Enfild" stadionida kechgan uchrashuvda PSJ klubi 2:0 hisobidagi ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Dastlabki bahsda ham 2:0 hisobida gʻalaba qozongan "PSJ", ikki oʻyin natijasiga koʻra 4:0 hisobi bilan yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Endi Luis Enrike shogirdlari final yoʻlida "Real" Madrid — "Bavariya" juftligi gʻolibiga qarshi bahs olib borishadi.
