Turkiyadagi maktabda yana otishma roʻy berdi, 4 kishi halok boʻldi
Qahramanmarashda sakkizinchi sinf oʻquvchisi otishma sodir etdi. Avval Siverek shahrida ham shunday hodisa kuzatilgandi.

Turkiyaning Qahramanmarash shahridagi maktabda sodir boʻlgan otishmada toʻrt kishi halok boʻldi. Shuningdek, 20 kishi yaralandi. Bu haqda NTV telekanali gubernator Mukerrem Unluyerga tayanib xabar berdi.
Oʻlganlardan biri oʻqituvchi edi. Hujumchi shu maktabning sakkizinchi sinf oʻquvchisi boʻlgan. Yaradorlardan toʻrt nafari ogʻir ahvolda qolmoqdv.
Turkiyada ikki kun ichida ikkinchi maktab otishmasi sodir boʻldi.
Oʻq uzgan oʻquvchi maktabning ikkita sinf xonasiga kirib ketdi. Uning dastlabki nishoni beshinchi sinf oʻquvchilari edi. Gubernatorning soʻzlariga koʻra, otishma sodir etgan shaxs tartibsiz oʻq uzgan. Hujumdan keyin oʻsmir oʻz joniga qasd qilgan.
CNN Turk xabar berishicha, viloyat gubernatori oʻquvchining otasi sobiq politsiya xodimi ekanligini qoʻshimcha qildi. Oʻquvchi uning qurolini olgani aytilmoqda.
14 aprel kuni Turkiyaning Siverek shahrida maktabga qurolli hujum sodir boʻlgandi. Sobiq oʻquvchi bir nechta oʻquvchini garovga oldi. Bolalar va oʻqituvchilarni oʻz ichiga olgan oʻn olti kishi yaralandi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari huquqbuzarni qoʻlga olishga uringanda, u oʻz joniga qasd qildi.
