platina.uz
Jamiyat

Samarqand shahrida global forum oʻtkaziladi

Forum transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashga bagʻishlanadi. Unda BMT, YeI, ShHT va MDHdan vakillar qatnashishi kutiladi. 

Samarqand shahrida global forum oʻtkaziladi

Samarqandda giyohvandlikka qarshi global forum oʻtkaziladi.

2026 yil 20-21 aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum boʻlib oʻtadi.

Forumni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad:

- narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;

- ilgʻor xalqaro tajribani tizimli oʻrganish va amaliyotga joriy etish;

- zamonaviy narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish;

- giyohvandlikka qarshi kurashda davlatlararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda:

- Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar,

- 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari,

- 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, forum doirasida yoshlar sammiti tashkil etilib, unda yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning global muammolar yechimida faol ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama qilinadi.

Forum davomida:

- narkotik vositalar noqonuniy aylanmasining global va mintaqaviy tendensiyalari;

- yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida profilaktika tizimini takomillashtirish;

- davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy reintegratsiya jarayonlarini rivojlantirish;

- raqamli texnologiyalar hamda sunʼiy intellektdan samarali foydalanish masalalari atroflicha koʻrib chiqiladi.

Mazkur forum:

- xalqaro va mintaqaviy darajada samarali hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish,

- narkotahdidlarga qarshi kurashishda yagona yondashuvlarni shakllantirish,

- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid