Qirgʻiziston sobiq tashqi ishlar vaziriga ayblov eʼlon qilindi
Chingiz Aydarbekov 2018 yildan 2020 yilgacha vazir sifatida ishlagan.

Qirgʻiziston sobiq tashqi ishlar vaziriga ayblov eʼlon qilindi.
Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi sobiq tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekovga qarshi mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda ayblov eʼlon qildi.
Unga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlandi.
Chingiz Aydarbekov 2018 yildan 2020 yilgacha Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlagan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, u vazirlikdagi faoliyati davomida ayrim xodimlar bilan til biriktirib, byudjet mablagʻlaridan foydalanishda qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan.
Bu qonunbuzarliklar qatoriga xarajatlarning oshirib yuborilishi, tegishli hujjatlarsiz mol-mulk va mablagʻlarni hisobdan chiqarish va soxta hujjatlardan foydalanish kiradi.
Tergov shuningdek, oʻgʻirlik holatlarini, jumladan, filiallar orqali oʻgʻirlik holatlarini ham aniqladi.
Avvalroq Qirgʻiziston sobiq prezidentining ukasi Oʻzbekistonda vafot etgani maʼlum boʻlgandi.
