platina.uz
Jamiyat

“World Content Market”da ilk bor Oʻzbekiston milliy paviloni tashkil etildi

Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston milliy pavilonida 10 dan ortiq xususiy kontent ishlab chiqaruvchilar tomonidan 500 dan ortiq oʻzbek badiiy filmlari va seriallari xalqaro xaridorlar eʼtiboriga taqdim etilmoqda.

“World Content Market”da ilk bor Oʻzbekiston milliy paviloni tashkil etildi

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” oʻz ishini boshladi.

Joriy yilda Oʻzbekiston ushbu yirik media bozorida ilk bor milliy pavilon bilan ishtirok etib, mamlakatning milliy kontent salohiyatini global maydonda keng namoyon etmoqda.

"World Content Market" 2008 yildan buyon televideniye va raqamli kontentni yaratish, tarqatish, monetizitsiya qilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib kelayotgan yirik media platformalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadbir har yili dunyoning turli mamlakatlaridan media industriya vakillarini bir maydonga jamlab, yangi loyihalar, sheriklik tashabbuslari va kontent savdosi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Joriy yilgi tadbirda 20 ga yaqin davlatdan 1500 dan ortiq media sohasi mutaxassislari, 500 dan ziyod kompaniyalar qatnashmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, MDH mamlakatlari, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning milliy ekspozitsiyalari namoyish etilmoqda.

Ishtirokchilar qatoridan 150 dan ortiq televizion kanallar (barcha platformalar boʻyicha), 40 dan ortiq OTT platformalari va video-portallar, 200 dan ziyod kontent distribyutorlari, 100 dan ortiq prodyuserlar, 100 dan ziyod studiyalar hamda ishlab chiqarish xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalardan iborat kontent xaridorlari oʻrin olgan.

Oʻzbekiston milliy pavilonida 10 dan ortiq xususiy kontent ishlab chiqaruvchilar tomonidan 500 dan ortiq oʻzbek badiiy filmlari va seriallari xalqaro xaridorlar eʼtiboriga taqdim etilmoqda.

Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur pavilon doirasida oʻzbek milliy kontentini xalqaro bozorga olib chiqish, uni xorijiy telekanallar va raqamli platformalarda joylashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Oʻzbekistonning Moskva shahrida oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro media maydonda milliy pavilon bilan ilk bor ishtirok etishi mamlakatda milliy kontent sanoatini rivojlantirish, mahalliy ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va oʻzbek madaniy mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yoʻlida muhim strategik qadam boʻlib xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid