platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda sudya pora bilan qoʻlga olindi

U oʻz yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Gulistondagi MChJ foydasiga hal qilish evaziga 3 600 dollar soʻragan. 

Sirdaryoda sudya pora bilan qoʻlga olindi

Sirdaryoda sudya pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi E. S. oʻz ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MChJ foydasiga hal qilish evaziga 3 600 AQSh dollari olganlikda gumonlangan. U huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

"Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.

Avvalroq Oʻsimliklar karantini agentligi inspektori qoʻlga olingandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid