platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda qoʻlga olingan sudya “Agrobank” mansabdori bilan til biriktirgani maʼlum boʻldi

Bank mansabdori tadbirkordan 5500 dollar olib, sud tomonidan tadbirkor foydasiga ijobiy hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng, sudyaga 3600 AQSh dollarini bergan. 

Sirdaryoda qoʻlga olingan sudya “Agrobank” mansabdori bilan til biriktirgani maʼlum boʻldi

Sirdaryoda sudya va bank mansabdorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tezkor tadbir oʻtkazgan.

Unda Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi va “Agrobank” ATB Guliston filiali mansabdor xodimining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Xususan, sudlov hayʼati sudyasi oʻz ish yurituvida boʻlgan – mahalliy tadbirkor tomonidan Guliston shahrida qurilgan koʻp qavatli bino boʻyicha kassatsiya tartibida koʻrilayotgan daʼvo ishi qonunan uning foydasiga hal boʻlishini bilgani holda, oʻzining yaqin aloqasi hisoblangan “Agrobank” mansabdori bilan til biriktirib, undan 7500 AQSh dollari talab qilishgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori talab qilingan pul mablagʻidan 5500 AQSh dollarini olib, sud tomonidan tadbirkor foydasiga ijobiy hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng, sudyaga 3600 AQSh dollarini bergan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Oliy sud Sirdaryo viloyat sudining sudyasi qoʻlga olingani haqida xabar bergandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid