platina.uz
Jahon

Germaniyadagi harbiy muzeyga oʻzbekistonliklarning kirishi taqiqlandi

Muzey 1960-yillarda Gʻarbiy Germaniya armiyasining sinov poligoni joylashgan joyda tashkil etilgan.

Germaniyadagi harbiy muzeyga oʻzbekistonliklarning kirishi taqiqlandi

Germaniyaning Koblenz shahridagi Harbiy texnika muzeyiga kirish 26 mamlakat fuqarolari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun taqiqlandi. Cheklov shu yilning mart oyidan kuchga kirgan.

Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻzbekistonliklardan tashqari, qozogʻistonlik, rus va ukrainalik fuqarolarga ham tashrif buyurish taqiqlangan.

Muzey 1960-yillarda Gʻarbiy Germaniya armiyasining sinov poligoni joylashgan joyda tashkil etilgan. Bu Yevropadagi eng yirik harbiy-texnik kolleksiyalardan biri boʻlib, sobiq Langemark kazarmasi hududida joylashgan.

Koʻrgazmalar orasida FT 17, Leopard 1 va 2 asosiy jangovar tanklari (MBT), shuningdek, Germaniya va NATO mamlakatlarida ishlab chiqilgan prototiplar va ishlab chiqarishgacha boʻlgan transport vositalari, jumladan, Marder 2 piyoda jangovar mashinasi va Kampfpanzer 70 tanki bor.

Tashrif buyuruvchilar kichik qurollar, artilleriya va turli zirhli transport vositalarining namunalarini koʻrishlari mumkin. Bugungi kunda muzeyga chipta uch yevro turadi. Germaniya armiyasi aʼzolari uchun kirish bepul.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid