platina.uz
Jahon

Erdoʻgʻon Isroilga qarshi harbiy kuch ishlatishga tayyorligini eʼlon qildi

Turkiya rahbari Isroilni Falastin va Livanga qarshi harakatlarda aybladi va Anqara qatʼiy choralar koʻrishini bildirdi. 

Erdoʻgʻon Isroilga qarshi harbiy kuch ishlatishga tayyorligini eʼlon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Isroilga qarshi harbiy kuch ishlatish variantini istisno etmadi. Bu haqda The Jerusalim Post xabar berdi.

Istanbulda boʻlib oʻtgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasida soʻzlagan nutqida turk rahbari Isroilni Falastin va Livanga qarshi harakatlarda aybladi va Anqara qatʼiy choralar koʻrishga tayyorligini eʼlon qildi.

"Biz Qorabogʻ yoki Liviyaga kirganimiz kabi, ularga ham shunday qilamiz", dedi u.

Gʻazodagi urush boshlangandan buyon Turkiya va Isroil munosabatlari amalda toʻxtab qoldi. Mamlakatlar diplomatik aloqalari inqiroz yoqasiga kelib qoldi.

11 aprel kuni turk prokurorlari genotsid ayblovlari bilan sirtdan hibsga olingan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga umrbod qamoq jazosini rasman soʻradilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid