platina.uz
Jamiyat

DXX xorijdan boʻlayotgan shubhali qoʻngʻiroqlardan ogohlantirdi

Bunday qoʻngʻiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. 

DXX xorijdan boʻlayotgan shubhali qoʻngʻiroqlardan ogohlantirdi

DXX xorijdan boʻlayotgan shubhali qoʻngʻiroqlardan ogohlantirdi.

Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qoʻngʻiroqlar boʻlishi koʻp kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlandi.

Xususan:

- bunday qoʻngʻiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida oʻzlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini koʻrsatishlari mumkin;

- ular qoʻngʻiroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qoʻyganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qoʻngʻiroqni kim va qayerdan amalga oshirganligini aniqlash mushkul;

- bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday maʼlumot boʻlmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qoʻngʻiroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanligini anglatadi.

Taʼkidlash joizki, shubhali qoʻngʻiroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi:

- bunday xorijiy raqamlarga qoʻngʻiroq qilish telefon balansidagi mablagʻning yechib olinishiga sabab boʻladi;

- firibgarlar oʻzlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi;

- goʻshakni koʻtarish raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga boʻladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi;

- sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid