Andijonlik yosh futbolchi “Chelsi”ga oʻtadigan boʻldi
U sentabr oyida ingliz klubi akademiyasiga qoʻshilishi rejalashtirilgan. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan va hozir kerakli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Oʻzbekistonlik yosh futbolchi Zufarxoʻja Akramxoʻjayev Londonning “Chelsi” futbol klubining 15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng taklif oldi.
Futbolchi 2010 yilda Andijonda tugʻilgan. U ilgari “Andijon- SGC” jamoasida vinger sifatida oʻynagan.
Xabarlarga koʻra, u shu yilning sentabr oyida “Chelsi” akademiyasiga qoʻshilishi rejalashtirilgan. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan va hozirda kerakli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
