platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimliklari "yopiq" tashkilotlar roʻyxatidan joy oldi

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, Raqamli texnologiyalar, Adliya vazirliklari va qator tuzilmalar ijobiy natija qayd etdi. 

Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimliklari "yopiq" tashkilotlar roʻyxatidan joy oldi

Jamoatchilikka "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar reytingi eʼlon qilindi. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi xabar berdi.

Prezident Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi 2022 yildan boshlab har yili “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

2025 yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik koʻrsatkichlarini qayd etdi.

2022 yildagi, yaʼni ilk baholash koʻrsatkichlari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga koʻpaygan boʻlsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan.

Ochiqlik boʻyicha eng yuqori samaradorlik koʻrsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Oʻzavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.

Respublika darajasidagi tashkilotlardan — Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past koʻrsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholandi.

Agentlik tomonidan kelgusida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Jumladan, 2026 yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index. anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid