platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi

Respublikaning baland togʻli hududlarida yomgʻir qorga aylanishi mumkin. 

Oʻzbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi
Foto: Platina.uz

Oʻzbekiston hududida harorat pasayib, togʻli hududlarda qor yogʻishi mumkin. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabarida aytiladi.

Joriy yilning 14-17 aprel kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.

14 aprelda Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublikaning baland togʻli hududlarida yomgʻir qorga aylanishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

15-17 aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid