platina.uz
Jamiyat

Oʻsimliklar karantini agentligi inspektori qoʻlga olindi

U mineral oʻgʻit mahsulotlarini "Navoiy" chegara bojxona posti orqali oʻtkazib berganligi evaziga 20 mln soʻm talab qilgan. 

Oʻsimliklar karantini agentligi inspektori qoʻlga olindi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi inspektori qoʻlga olindi. U oʻz xizmat mavqeini suisteʼmol qilgan holda, noqonuniy boylik orttirmoqchi boʻlgan.

Xususan, u Toshkent shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroga tegishli 7 turdagi, jami 187 dona qadoqda boʻlgan mineral oʻgʻit mahsulotlarini "Navoiy" chegara bojxona posti orqali oʻtkazib berganligi evaziga 20 mln soʻm talab qilgan.

Mazkur noqonuniy harakat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Inspektor soʻralgan pul mablagʻini poytaxtning Olmazor tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fargʻonada ikki fuqaro 11 650 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari bilan ushlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid