platina.uz
Iqtisod

Ishdagi ishq: Oʻzbekistonda har ikkinchi kishi hamkasbini yoqtirib qoladi

Ofisdagi tanishuv koʻpincha jiddiy munosabatlarga aylanadi: 12 foiz kishi ishda tanishgan odami bilan turmush qurgan. 

Ishdagi ishq: Oʻzbekistonda har ikkinchi kishi hamkasbini yoqtirib qoladi

Oʻzbekistonda hh.uz platformasi tomonidan 900 respondent orasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra, qatnashchilarning 54 foizi kamida bir marta hamkasbiga nisbatan romantik qiziqishni boshdan kechirgan.

Ishtirokchilarning 34 foizi uchun bu munosabatlar oʻzaro boʻlgan, 13 foiziniki sirligicha qolgan va 7 foizi uchun esa javobsiz boʻlgan.

Ishtirokchilarning deyarli yarmi (46 foizi) hech qachon bunday holatni boshdan kechirmaganliklarini aytishdi.

Ofisdagi tanishuv koʻpincha jiddiy munosabatlarga aylanadi: respondentlarning 17 foizi hamkasbi bilan uchrashadi yoki uchrashgan, 12 foiz kishi ishda tanishgan odami bilan turmush qurgan.

Biroq, respondentlarning 41 foizida bunday tajriba boʻlmagan, 19 foizi esa faqat romantik qiziqishni boshdan kechirgan.

Bunday romantik munosabatlarni ishtirokchilarning 42 foizi ishga xalaqit bermasa maqbul deb biladi, 25 foizi qarshi va 20 foizi vaziyatga bogʻliq deb aytadi.

Oqibatlarga kelsak, 15 foizi hali ham munosabatlarda, 18 foizi ajralishdan keyin doʻst boʻlib qolgan va 7 foizi mojarolarga duch kelgan.

Qatnashuvchilarning deyarli yarmi — 49% — ishda uchrashgan va hali ham birga boʻlgan juftliklarni bilishadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid