224 mlrd soʻmlik Baytqoʻrgʻon – Parkent temir yoʻli qurib bitkazildi
23,8 km uzunlikdagi temir yoʻl qurilishi doirasida koʻpriklar, tunnel va infratuzilma obʼektlari barpo etildi.

Baytqoʻrgʻon – Parkent temir yoʻli qurib bitkazildi. Temir yoʻlda kuniga 275 ming nafargacha yoʻlovchi tashish mumkin.
Jami uzunligi 23,8 km boʻlgan temir yoʻli qurilishi 2025 yil avvalida boshlangan edi, loyiha doirasida koʻpriklar, tunnel va infratuzilma obʼektlari ham qurilgan.
Platina.uz oʻrganishlariga koʻra, 2025 yil iyunda mazkur loyiha doirasida optik tolali kabel yotqizish, 2 ta bekat uchun ikki tomonlama park aloqasi, 2 ta bekat va boshqa bekatlar orasida SSB qurilmalarini qayta qurish ishlari uchun 18,1 mrld soʻm ajratilgan. Buyurtmani 1-SON QURILISH-MONTAJ POYEZDI bajargan.
2026 yil boshida esa “Baytqoʻrgʻon-Parkent yangi elektrlashtirilgan temir yoʻli qurilishi” loyihasida sunʼiy inshootlar, arxitektura qurilish ishlari, yer ishlari uchun 206 mlrd soʻm sarflangan. Ishlarni TEMIRYO‘LINFRATUZILMA MAXSUS QURILISH MChJ amalga oshirgan.
