platina.uz
Jamiyat

Giyohvand moddalar bilan qoʻlga tushib, ichki ishlar xodimlariga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Toshkentda giyohvand modda bilan ushlangan shaxslar javobgarlikdan qutulish ilinjida ichki ishlar xodimlarga pora taklif qildi. Biroq ularning bu urinishi oʻzlariga qarshi ishladi — xodimlar holat haqida shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga xabar berdi va gumonlanuvchilar pulni uzatayotgan paytida qoʻlga olindi.

Giyohvand moddalar bilan qoʻlga tushib, ichki ishlar xodimlariga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyatida jinoyat qidiruv boʻlimi xodimi kelib tushgan tezkor maʼlumot asosida 1979 yilda tugʻilgan fuqaroni koʻzdan kechiradi va ushbu shaxsning yonidan geroin topiladi. Gumonlanuvchi mazkur holatni rasmiylashtirmaslik evaziga tezkor xodimga 5 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qiladi.

Tezkor xodimning ogohlantirishlariga qaramay, gumonlanuvchi pora berishga urinishda davom etadi. Shundan soʻng tezkor xodim IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati boshqarmasiga xabar beradi va oʻtkazilgan tadbirda gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olinadi.

Toshkent shahrida kuzatilgan boshqa bir holatda esa PPX xodimlari ikki fuqaro va ularning avtomashinasida giyohvand modda borligini aniqlashadi. Shundan soʻng, gumonlanuvchilardan biri inspektorga 7 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilib, bu holatni hujjatlashtirmaslikni soʻraydi.

Xodimlarning pora berish qonunga xilof ekani, buning uchun ham jinoiy javobgarlik borligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, gumonlanuvchilar pora taklif qilishda davom etadi. Ishning qonuniy yechimini istagan inspektor IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasiga bildirgi beradi. Natijada tezkor guruh tuzilib, oʻtkazilgan tadbirda ushbu shaxslar pulni berayotgan vaqtida qoʻlga olinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid