platina.uz
Jamiyat

Xodimlariga “daydi” topishni topshirgan IIB amaldori ishdan olindi

Bu voqea IIV tizimida xodimlar uchun yuqoridan reja berilishi haqida tasavvur uygʻotgan.

Xodimlariga “daydi” topishni topshirgan IIB amaldori ishdan olindi

Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev xodimlarga koʻchadan “daydi” topib, maʼmuriy bayonnoma tuzish boʻyicha topshiriq bergani uchun ishdan olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanida II profilaktika xizmati rahbari xodimlariga “daydi top” deya reja bergani haqidagi xabar keng tarqalgandi. Bu voqea IIV tizimida xodimlar uchun yuqoridan reja berilishi haqida tasavvur uygʻotgan.

Lekin IIVning ommaviy axborot vakillari bilan 11 aprelda oʻtkazgan ochiq muloqotida aytilishicha, bunday rejalar qoʻyilmaydi, biroq daydi va tilanchilar bilan ishlash II xodimlarining vazifasi va bu vazifani amalga oshirish uchun saʼy-harakatlar toʻxtab qolmaydi.

“Jinoyatchilikka qarshi kurash – xodimlarning xizmat vazifasi hisoblanadi. Aholi xavfsizligini taʼminlash, sayyohlar, fuqarolar va bolalarning oʻzini xavfsiz his qilishi uchun bunday saʼy-harakatlar doimo dolzarb boʻlib qoladi. Lekin videoda rahbar aytganidek, xodimning qarindosh-urugʻlarini tavakkal “daydi” qilib rasmiylashtirish imkonsiz. Qonunchilikka koʻra, bunday holatlar sud orqali hal qilinadi va har bir vaziyat nazorat ostida boʻladi”, dedi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi Sharof Oʻrolov.

Maʼlumot uchun, oxirgi reytinglarga koʻra, Oʻzbekiston xavsizlikni his qilish indeksi boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqqan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid