platina.uz
Jamiyat

Sudlardagi “navbatchi jabrlanuvchilar” reyestri tuziladi

Jinoyat va maʼmuriy ishlarda “navbatchi jabrlanuvchilar” – ayrim jabrlanuvchilarning bir necha ish va epizodlarda qayta-qayta koʻrinishi odatga aylanib qoldi.

Sudlardagi “navbatchi jabrlanuvchilar” reyestri tuziladi
Foto: Platina.uz

IIV ommaviy axborot vakillari bilan 11 aprelda oʻtkazgan ochiq muloqotda jurnalistlar tomonidan jinoyat va maʼmuriy ishlarda “navbatchi jabrlanuvchilar” – ayrim jabrlanuvchilarning bir necha ish va epizodlarda qayta-qayta koʻrinish berishi borasida ham savol berildi.

Muhokama davomida ichki ishlar organlari nega baʼzan aybsiz shaxsni aybdor sifatida koʻrsatishdan manfaatdor boʻlishi mumkinligi va bunday holatlarda ishtirok etuvchi shaxslar qanday maqsadlarni koʻzlashi haqida savollar koʻtarildi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti boshligʻi Ramazon Ashropov bu savolga javob berib, har qanday aniqlangan qonunbuzilish holati boʻyicha albatta tegishli choralar koʻrilishini bildirdi.

Ashropovning aytishicha, surishtiruv yoki xizmat tekshiruvlari jarayonida shunday holatlar fosh etilsa, yoki sudlar tomonidan xususiy ajrimlar chiqarilsa, masʼul shaxslarga nisbatan qonuniy choralar qoʻllaniladi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy chiqishlar va murojaatlar doimiy monitoring qilib borilayotganini bildirdi. Uning qayd etishicha, aynan jurnalistik surishtiruvlar va jamoatchilik eʼtirozlaridan keyin bu yoʻnalishda maxsus reyestr joriy etilgan. Endi esa har bir hudud boʻyicha jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan shaxslar alohida roʻyxatga olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid