platina.uz
Jamiyat

2026 yilning birinchi choragida 50 nafardan oshiq kishi Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi hisobotida aytiladi. Sud va tergovdan yashiringan salkam 2,2 ming kishi ushlangan. 

2026 yilning birinchi choragida 50 nafardan oshiq kishi Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

2026 yilning birinchi choragida 50 nafardan oshiq kishi Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 2026 yil birinchi choragi boʻyicha taqdim etgan hisobotiga koʻra, 52 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilishda amaliy yordam koʻrsatilgan.

Bundan tashqari ​1 227 066 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirilgan, 297 254 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportlari berilgan.

Shuningdek, ​448 954 nafar shaxs yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olingan. ​276 nafar chet el fuqarosiga mamlakatimizda doimiy yashash uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.

Aytilishicha, 440 236 ta — Transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan.

​163 118 ta — Milliy haydovchilik guvohnomalari berilgan (yangi olganlar va almashtirganlar bilan birga).

​49 840 ta — Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan.

Hisobotda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga oid muhim statistik maʼlumotlar va erishilgan natijalar aks etgan.

Jumladan, oʻgʻirlik, talonchilik, qotillik va boshqa jinoyatlar boʻyicha 83,8 foiz jinoyatlar fosh etilib, haq-huquqlar taʼminlangan. Sud va tergovdan yashiringan 2193 kishi ushlandi.

Bedarak yoʻqolgan 1187 kishi topildi. Korrupsiya, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar orqali jismoniy vva yuridik shaxslarga 199 mlrd 565 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid