platina.uz
Siyosat

Prezident Buxoroga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev ushbu shaharda Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashadi, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. 

Prezident Buxoroga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga joʻnab ketdi.

Ertaga, 11 aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Siyosiy muloqotni, parlamentlararo, hukumatlararo va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qiladilar.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Bugun esa davlatimiz rahbari Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid