platina.uz
Jamiyat

Afgʻon qozonlariga yashirilgan 190 kg narkotik fosh etildi

Toshkentda esa xonadonida xorijdan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, dorixonalarga sotgan shaxs aniqlandi. 

Afgʻon qozonlariga yashirilgan 190 kg narkotik fosh etildi

Qozonlar ichiga yashirilgan narkotik moddalar fosh qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan. Unda yirik miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Xususan, Afgʻonistondan “Termiz avtoyoʻl” xalqaro oʻtkazish punkti orqali kirib kelgan, oldindan kuzatuvga olingan Denov shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Hyundai” rusumli yuk avtomashinasi chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada, uning yukxonasida boʻlgan jami 750 dona afgʻon qozonlarining 210 donasi ichiga xufiyona tarzda yashirilgan, umumiy taxminiy ogʻirligi 190 kg 800 grammni tashkil etuvchi “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu afgʻon qozonlari ishlab chiqaruvchi tomonidan Markaziy Osiyo respublikalaridan biridagi xoʻjalik yurituvchi subʼekt nomiga yuborilayotgan boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. shaxs oʻz yashash xonadonida xorijdan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlandi.

Omborni koʻzdan kechirish davomida jami 119 turdagi, 3356 qutida boʻlgan 76318 dona “Frotu”, “Budenofalk”, “Gaviscon”, “Baraclude” va boshqa nomdagi dori vositalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Hozirda dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza oʻtkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid