Shimoliy Koreya elektromagnit qurol sinovini oʻtkazdi
Elektromagnit qurollar va uglerod tolali bombalar KXDR harbiylari uchun "maxsus resurs" hisoblanadi.

Shimoliy Koreya elektromagnit qurol sinovini eʼlon qildi.
Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi bu hafta yangi qurollarni, jumladan, "Hvasongpo-11 Ka" taktik ballistik raketasi uchun klasterli oʻq-dorilar va elektromagnit qurol tizimini sinovdan oʻtkazganini xabar qildi.
Sinovlarni nazorat qilgan general Kim Chen Sikning soʻzlariga koʻra, elektromagnit qurollar va uglerod tolali bombalar Shimoliy Koreya harbiylari uchun "maxsus resurs" hisoblanadi.
Avvalroq Janubiy Koreya shtab boshliqlari qoʻshma qoʻmitasi Shimoliy Koreyada raketa uchirilgani haqida xabar bergan edi va Yaponiyada ham uchirilgan raketalar qayd etilgan.
Reuters xabar berishicha, sinovlar Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy Koreyani "dushman davlat" deb taʼriflagani va Koreya yarim orolidagi keskinlikni yumshatish umidlari puchga chiqqani sababli boʻlib oʻtdi.
Avvalroq Kim Chen In va uning vorisi masalasi deyarli hal boʻlgani xabar berilgandi.
