Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha reytingda yuqoriladi
Speedtest Global Index reytingida Oʻzbekiston oʻz mavqeini 78-oʻrindan 76-oʻringa koʻtarishga erishdi.

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha reytingda yuqoriladi. Xususan, Oʻzbekiston oʻz mavqeini 78-oʻrindan 76-oʻringa koʻtarib, oʻrtacha internet tezligini 11,2 Mbit/s ga oshishiga erishgan.
Qoʻshni Qozogʻiston 2026 yil fevral oyida xalqaro Speedtest Global Index reytingida pastladi. Mamlakatda oʻrtacha statsionar internet tezligi 88,1 Mbit/s ni tashkil etdi, bu global oʻrtacha 118,8 Mbit/s dan past. Qozogʻiston global reytingda 84-oʻrindan 86-oʻringa tushib, Kosovo va Bruney oʻrtasida qoldi.
Reytingda Singapur oʻrtacha 420,9 Mbit/s tezlik bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi, undan keyin BAA (398,4 Mbit/s) va Gonkong (350,9 Mbit/s) bormoqda.
Fransiya (350,4 Mbit/s) va Islandiya (347,2 Mbit/s) ham kuchli beshlikka kirdi. Hatto kuchli beshlikdan tashqaridagi koʻplab mamlakatlar ham 300 Mbit/s atrofida natijalarni koʻrsatmoqdalar, bu global oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar koʻp.
MDH mamlakatlari orasida Qozogʻistondagi tezlik Oʻzbekiston, Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan orqada qolgan.
Xususan, Oʻzbekiston oʻz mavqeini 78-oʻrindan 76-oʻringa koʻtarib, oʻrtacha tezligini 11,2 Mbit/s ga oshirdi. Rossiyada, ulkan hududiga qaramay (Qozogʻistondan 6,3 baravar katta), statsionar internet tezligi 91,3 Mbit/s ni tashkil etdi.
Shaharlar miqyosida solishtirilsa Olmaota 92 Mbit/s tezlikni qayd etib, 14 pogʻona pastlab, global miqyosda 108-oʻrinni egalladi. 90,5 Mbit/s tezlik bilan Ostona 11 pogʻona pastlab, 114-oʻrinni egalladi. Taqqoslash uchun, Samarqand shahri (93,1 Mbit/s) Qozogʻistonning ikkala megapolisini ham ortda qoldirib, 105-oʻringa koʻtarildi, Toshkent esa (91,2 Mbit/s) Ostonadan oʻzib ketdi.
