platina.uz
Siyosat

“Uchastkavoy”larga yangi vakolatlar beriladi

Ichki ishlar vazirligi Prezidentga 6 ta kam ahamiyatli qilmish boʻyicha maʼmuriy ogohlantirish tizimini joriy etishni ham taklif qilgan.

“Uchastkavoy”larga yangi vakolatlar beriladi

Ichki ishlar vazirligi profilaktika inspektorlariga ayrim huquqbuzarliklar boʻyicha qaror qabul qilish vakolatini berish, 6 ta kam ahamiyatli qilmish boʻyicha maʼmuriy ogohlantirish tizimini joriy etishni taklif qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu orqali inspektorning mahalladan chiqmagan holda ish olib borishi, samaradorligi ortishi va koʻproq aholi bilan yaqindan ishlash imkoniyati yaratilishi kutilyapti.

“Profilaktika inspektorlarini ortiqcha vazifalardan xalos etib, ularning bevosita oʻziga yuklatilgan ishga – mahallada xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi muammolari bilan manzilli ishlashga toʻliq yoʻnaltirilgan tizim yaratish zarur”, dedi davlat rahbari.

Shuningdek:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha uzluksiz ishlash;
  • profilaktika inspektorlari, maktablardagi inspektor-psixologlar va mahallalardagi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlarni mahalla darajasida oʻzaro bogʻlaydigan, yoshlar, ayollar va oilaviy muammolarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladigan yaxlit tizim yaratiladi;
  • ular real vaqt rejimida axborot almashishlari hamda yagona maʼlumotlar bazasidan foydalanishlari uchun profilaktika axborot tizimi joriy qilinadi;
  • profilaktika inspektorlari, probatsiya inspektorlari, patrul-post, yoʻl-patrul va qoʻriqlash xizmati mutaxassislarini maqsadli tayyorlash boʻyicha yangi tizim: bunda nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilib, oʻqishning birinchi kursida 80/20, ikkinchi kursda 60/40 va uchinchi kursda esa 50/50 nisbatda tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tinglovchi va talabalar stajyor lavozimiga tayinlanadi, mustaqil ish yuritish hamda qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlib, murabbiy nazorati va javobgarligi ostida ish yuritadi. Bitiruvdan keyingi 5 yil davomida monitoring qilinib, malakasi doimiy oshirib boriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid