Shoir va publitsist Qamchibek Kenja vafot etdi
U "Togʻ yoʻlida bir oqshom", "Boburiylardan biri", "Baxt qushi yoki ushalgan orzular", "Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar", "Saylanma" kabi nasriy va sheʼriy asarlar muallifi sanaladi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, adib, shoir, publitsist, tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi.
Qamchibek Kenja 1946 yil 15 avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov kishlogʻida tugʻilgan.
ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1969). Dastlabki sheʼriy toʻplami — "Sogʻinch" (1975). Yozuvchining "Yashil barg" degan birinchi hikoyalar toʻplami esa 1977 yilda nashr etilgan.
"Koʻngil koʻchalari" (1979), "Ishqing tushsa" (1981), "Orzumandlar" (1982), "Notanish gul" (1986), "Togʻ yoʻlida bir oqshom" (1987), "Boburiylardan biri" (2000), "Baxt qushi yoki ushalgan orzular" (2001), "Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar" (2005), "Saylanma"(1-kitob, 2006) kabi nasriy va sheʼriy asarlar muallifi.
Safarnomalar yozgan (" Hind sorigʻa", "Buyuklar izidan" va boshqa).A. S. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov kabi shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
