Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yigʻilishi natijalarini muhokama qilindi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdi.
Suhbat chogʻida Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yigʻilishi natijalarini muhokama qilindi.

Shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotganini qayd etilgan.
"Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qoʻshayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga oʻz minnatdorligimni bildiraman", deya taʼkidlaydi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ish boshlagandi.
