platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Rossiya bilan mahbuslarni almashishi mumkin

Tomonlar etnik nafratni qoʻzgʻatuvchi kontentning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma saʼy-harakatlarni ham muhokama qilishgan.

Oʻzbekiston Rossiya bilan mahbuslarni almashishi mumkin

Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevga mahbuslarni topshirish toʻgʻrisida shartnoma imzolashni taklif qilgan. Ushbu hujjat hukm qilingan Rossiya va Oʻzbekiston fuqarolariga ikki mamlakatda jazoni oʻtashga imkon beradi.

Gutsan oʻtgan yili tashkil etilgan migratsiya boʻyicha idoralararo guruhning ikki mamlakat fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga hissa qoʻshayotgan ishini yuqori baholagan. Tomonlar etnik nafratni qoʻzgʻatuvchi kontentning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma saʼy-harakatlarni ham muhokama qilishgan.

“Men mamlakatlarimizda ekstremistik va terroristik mafkuraning tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish va etnik nafrat va nizolarni qoʻzgʻatuvchi noqonuniy kontentga kirishni tezda blok qilish boʻyicha hamkorlik parametrlarini ishlab chiqish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni alohida taʼkidlayman”, degan Rossiya bosh prokurori.

Muzokaralar yakunida tajriba almashish va yangi tahdidlarga qarshi choralar koʻrishga qaratilgan Nazorat organlari oʻrtasida 2027-2028 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolangan.

Aleksandr Gutsan boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 8 aprel kuni Toshkentga yetib kelgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid